Sahifa yuklanmoqda . . .


Ruhing chiqdi asfalt yo’llarga...

Ruhing chiqdi asfalt yo’llarga —
Hamma yoqda yashil chiroqlar.
Senga to’siq qo’yolmas endi
She’rda hisni qisgan turoqlar.

Mana-Xadra. Senga tanish joy,
O’rindiqqa cho’kasan behol
Yuragingning darchasin ochib,
Mo’ralaydi achchiq bir xayol.

Xotiringning so’qmoqlarida,
Tentiraysan topay deb hayot.
Menga tanish barcha manzara
Senga yangi tuyular, hayhot.

Bir qarorga o’t qalab sekin,
Olovlanib yonadi ko’ngling.
Qo’llaringdan tutib shamollar
Ko’rsatadi borajak yo’ling.

Barmoqlaring siqar gullarni,
Tor ostona tuyular dayr.
Eshikdan bir jur’at mo’ltirar:
«Kechikdingiz.Kechiring. Xayr».

Bo’sh qaytadi horg’in yuraging,
Ochilmaydi ruhingning yuzi.
Endi birga-birga yig’laydi
Sen va Usmon Azimning «Kuz»i…


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 20-Aprelda yuklangan

108 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ruh asfalt yo'l yashil chiroq to'siq she'r his turoq xadra joy o'rindiq hol yurak darcha xayol xotira so'qmoq hayot tanish manzara qaror o't olov ko'ngil qo'l shamol barmoq gul ostona dayr eshik jur'at yuz yig'i usmon azim kuz
Muallif
Saodat Fayziyeva

Saodat Fayziyeva

Saodat Fayzieva 1992-yil 11-iyulda Buxoro viloyati Olot tumanida tug’ilgan. Qalbida ilmga qiziqish erta uyg'ongan bo'lajak shoira tumandagi fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 31-IBMIga o'qishga kiradi. U 2009-yilda ushbu dargohni a'lo baholar bilan tamomlab, O’zbekiston Milliy universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida tahsilni davom ettiradi va bu yerda ko'plab ustozlardan adabiyotning nozik sir-u asrorlarini o'rganadi. Uning she'rlarida ayol qalbining eng inja va sohir jihatlari mahorat bilan qalamga olingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Saodat Fayziyeva She'rlari Saodat Fayziyeva asarlari