Sahifa yuklanmoqda . . .


Ro‘paramda yuksak qoya...

Ro‘paramda yuksak qoya,
Chiqmoqqa yo‘q pillapoya.
Yuqmasin deb sha’nimga gard,
Mening o‘zim chiqmog‘im shart.

Qo‘lda arqon, cho‘kich bilan,
Jinddakina o‘kinch bilan,
“Yo nasib deb yorning labi”,
Ishga tushdim Farhod kabi.

Qishda qoru yozda yomg‘ir,
Qoya uzra shamol izg‘ir.
Ko‘zlarimga urilgay do‘l,
Men o‘zimga ochgayman yo‘l.

Qo‘lda cho‘kich urmoqdaman,
O‘z yo‘limdan bormoqdaman.
Chiqmoqdaman bosib bir-bir,
Qordek yog‘ib turar taqdir.

1976


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

17 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qoya pillapoya sha'n gard
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari