Sahifa yuklanmoqda . . .


Rivoyat

Bu yo’l yolg’iz emas – uchga bo’lindi…
“Borsa, kelmas” oldi mening ko’nglimni.

Garchi “Borsa, kelar” ayladi imo,
Menga buyurmagan qaytmoqni xudo.

“Yo kelar, yo kelmas” o’yindir mujmal,
Men birdan qismatni etmoqchiman hal.

Taqdirga tik qarash bandasin rasmi:
O’yla: “Borsa, kelmas” umrdir, asli…


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 15-Aprelda yuklangan

226 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
rivoyat yolg'iz ko'ngil imo xudo o'yin mujmal qismat hal banda rasm umr
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari