Sahifa yuklanmoqda . . .


Qo'polliklar, achchiq zardalar...

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Qo'polliklar, achchiq zardalar

Unutilar misli yo'lakay sayr.

Bir umr qalbingni ammo burdalar 

Mayingina aytilgan xayr.

 

Yopiq derazalar chaqirar, sudrar,

Tanish tolko'chaga kiraman sekin.

Namgarchilik. Kuz kechasi mudrar,

Qalb sho'rlik begona, yetim.

 

Bu - xotira eski kuy chalar,

Olislarda esa yangraydi chaq-chaq.

O'sha yomg'irli tun, o'sha ko'chalar,

Yoshlik hamon haq.

 


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 09-Aprelda yuklangan

204 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Faxriddin Shamsimatov o'qidi


Tayanch tushunchalar:
qo'pollik zarda achchiq mayin xayr yo'l sayr umr qalb burda deraza tolko'cha namgarchilik kuz kecha begona yetim xotira kuy olis yomg'ir tun ko'cha yoshlik haq
Muallif
Asqad Muxtor

Asqad Muxtor

Roman, qissa, hikoyalari va she’riyati o’zining falsafiy teranligi, yoqimli badiiy mavjlari bilan o’quvchini rom etadi. «Opa-singillar», «Tug’ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu», «Jar yoqasida chaqmoq», «Buxoroning jin ko’chalari» singari yirik nasriy asarlari elga manzur. Adib yangicha mazmuniy va shakliy izlanishlarining samaralari bilan ham o’zbek adabiyoti tarixida o’ziga xos iz qoldirdi.

Batafsil


Yangi She'rlar Asqad Muxtor She'rlari Asqad Muxtor asarlari