Sahifa yuklanmoqda . . .


Qiz va shamol haqida ertak

Dardday uzun-uzun ko’chani
Oyoqlaring besas o’padi.
Uxlab qolgan oydin kechani
Uyg’otadi sochlaring hidi.
Uzoqlardan senga izma-iz
Shamol sekin sirg’alib kelar,
Yolvoradi u senga unsiz,
Yolvoradi tungi maysalar.
Ko’zlaringga oy boqar qonib,
Ko’zlaring oy nuriday toza.
Mana kelding. Bo’g’ilib, yonib
Seni yutar ko’hna darvoza.
Shamol esa ko’chada qolar,
Qilt etmaydi, qanotlari tinch.
Parcha-parcha bo’lib sinadi,
U ko’tarib yugurgan sevinch
Va labdagi bo’sa hididan
Mast bo’lgancha chayqalib behol,
Qayrag’ochga ko’ksini bosib,
To’lib-to’lib yig’laydi shamol.

1976


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

31 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari