Sahifa yuklanmoqda . . .


Qiynaladi oftobni kutib...

Qiynaladi oftobni kutib
Yomg‘irlarda ivigan shahar...
...Uxlab qolding, yig‘lab, qon yutib,
Ko‘ringanda ufqda sahar.

Men taqdirimdan hech nolimayman,
Gar almashdi shomga tongimni.
Olib keldi bu oqshom bilan
Uzoqlarda qolgan jonimni.

Mening sarson umrimga oydin
Rivoj tilab u chekdi fig‘on.
Oyog‘ini tavof qildim men —
Dunyoda eng omadsiz o‘g‘lon.

U hech narsa qilmadi talab,
Ming o‘rgildi qosh-u ko‘zimdan.
Uning qaro sochlarin silab,
Bu tun kechdim hatto o‘zimdan.

Yomg‘ir yog‘di mayda-maydalab,
Mayda-mayda bo‘ldi yuragim.
Tong otguncha qayta-qaytalab,
"Sevasanmi" deya so‘radim.

Qiynaladi oftobni kutib,
Yomg‘irlarda ivigan shahar...
...Sen ketasan qayga qon yutib,
Meni qayga boshlaydi sahar?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Aprelda yuklangan

135 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
oftob yomg'ir shahar uyqu yig'i qon ufq sahar taqdir nola shom tong oqshom jon umr oydin rivoj fig'on oyoq tavof dunyo omad inson talab qosh ko'z soch tun yurak sevgi
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari