Sahifa yuklanmoqda . . .


Qishloq

Ko‘klam kirib kelar ko‘zlarga,
Yiroqlardan kelar shamollar.
Husn berar bahor qizlarga,
Yashnab ketar bizni tomonlar.

Ungirlarda tovlanar lola,
Tog‘da bodom ilk bor ochar lab.
Lablarida nay tutgan bola,
Kungay tomon chiqar ertalab.

Ahyon-ahyon kuylaydi bulbul,
Butoqlarda o‘ynaydi qushlar.
Men qishloqni o‘ylayman nuqul,
Ishqim meni u tomon boshlar.

Qarshi olar jilmayib otam,
Onam quvnab bezar dasturxon.
Kirib kelar so‘ngra do‘stlar ham,
Olib ketar bog‘larga tomon.

Shunday bo‘lar qishloqda har gal,
Singib ketar ko‘ksimga bu nom.
Men qishloqqa singgayman avval,
So‘ng ko‘klamdan ichgayman ilhom.

1975


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

35 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ko'klam shamol bahor qizlar
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari