Sahifa yuklanmoqda . . .


Qayga ketdi shodumon kunlar...

Qayga ketdi shodumon kunlar —
Saratondan qo’l uzdi karam.
Har tong mening hasratim yegan
Qushlarimni topolmayapman.

Bir g’aliz his kezar bog’larda,
Har yaproqda etak-etak g’am.
Majnuntolim, tokay soch yoyib
Bevafoga tutasan motam?!

Xazon-dardning mungli ko’zyoshi,
Kuz kelmasdan sarg’aydi olam.
Qanday bag’ri qattiq odamsiz,
Yig’latdingiz daraxtlarni ham…


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 20-Aprelda yuklangan

61 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
shodlik kun saraton kuz qo'l karam tong hasrat qush g'aliz his bog' yaproq etak g'am majnuntol soch vafo motam xazon dard mung ko'zyosh olam sariq bag'ir odam yig'i daraxt
Muallif
Saodat Fayziyeva

Saodat Fayziyeva

Saodat Fayzieva 1992-yil 11-iyulda Buxoro viloyati Olot tumanida tug’ilgan. Qalbida ilmga qiziqish erta uyg'ongan bo'lajak shoira tumandagi fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 31-IBMIga o'qishga kiradi. U 2009-yilda ushbu dargohni a'lo baholar bilan tamomlab, O’zbekiston Milliy universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida tahsilni davom ettiradi va bu yerda ko'plab ustozlardan adabiyotning nozik sir-u asrorlarini o'rganadi. Uning she'rlarida ayol qalbining eng inja va sohir jihatlari mahorat bilan qalamga olingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Saodat Fayziyeva She'rlari Saodat Fayziyeva asarlari