Sahifa yuklanmoqda . . .

Erkin Vohidov Qasidalari

Erkin Vohidov Qasidalari - Mazkur to'plamdan mumtoz ijodkorlarimizning asrlar silsilasiga bardosh berib, bizgacha yetib kelgan va to hanuz dillarni maftun qiluvchi qasidalari bilan birga zamondosh shoirlarimiz ijod namunalari ham o'rin olgan.

Ushbu asar inson sha'niga bitilgan qasidadir. Unda insonning botiniy va zohiriy olamidagi chigalliklar va murakkabliklar o'ta nozik tarzda ifodalangan. Xususan, shoir unda insonning bugungi kamoloti, inson dahosining zakovati, fan-texnika bobida erishgan mislsiz zafarlari haqida yozar ekan, bu taraqqiyot tufayli bugungi kunda inson jahon ayvoniga "arkon" (ustun) darajasiga ko‘tarilganini ayta turib, shu "arkon" ayni paytda "vayron" ekanini ham pisanda qilib o‘tadi...

2284
Qasida
Erkin Vohidov

Sharq mumtoz she’riyatida qasidalar asosan podshohlar, amir-u xonlar sha’niga, ular tomonidan qilingan xayrli ishlarni olqishlash maqsadida bitilardi. Erkin Vohidov esa ona xalqi — O‘zbegimga qasida bag‘ishlaydi! Bu ijodiy jasorat yana shunisi bilan muhimki, u yozilgan paytlari sobiq sho‘ro mamlakatidagi barcha millatlar «sovet xalqi» degan umumiy, sun’iy nom bilan atalar, odamlarning muayyan millat vakili ekani bilan faxrlanishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasdi....

2621
Qasida
Erkin Vohidov