Sahifa yuklanmoqda . . .


Qaro qoshing...

Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlima qasd qayrab —
Qilich qotil qaroshing, qiz.

Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo`ymaysan.
Qarab qo`ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.

1957


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 15-Fevralda yuklangan

1444 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qaro qosh qalam qiyiq qiz qatl qasd qilich qotil qarosh qafas qalb qush qanot qiyo quyosh
Muallif
Erkin Vohidov

Erkin Vohidov

Hozirgi zamon o’zbek she’riyatining taniqli vakili. Aruz va barmoq vaznlarida yozgan asarlari birdek mashhur. Ijodining asosini lirik turning barcha janrlaridagi she’riyati, dostonlari, dramatik asarlari, I.V.Gyote, S.Yesenin, R.Hamzatov singari jahon adabiyoti namoyandalari she’riyatidan qilgan tarjimalari tashkil etadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Erkin Vohidov She'rlari Erkin Vohidov asarlari