Sahifa yuklanmoqda . . .


Qaro ko‘zum…

Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il,

Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.

 

Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan,

Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.

 

Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la,

Itingg‘a g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.

 

Firoq tog‘ida topilsa, tufroqim, ey charx,

Xamir etib yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il.

 

Yuzung visolig‘a yetsun desang ko‘ngullarni,

Sochingni boshtin-ayoq chin ila shikan qilg‘il.

 

Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas mone’,

Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il.

 

Yuzida terni ko‘rub, o‘lsam, ey rafiq, meni

Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilg‘il.

 

Navoiy, anjumane shavqi jon aro tuzsang,

Aning boshoqliq o‘qin sham’i anjuman qilg‘il.


Ushbu musalsal g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
15-Iyulda yuklangan

79 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ko’z qaro vatan yuz gul ko’ngul ravza gulshan qad nihol jon rishta bag’ir qon g’am visol soch xazon sipoh bog’
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Musalsal g'azallar Alisher Navoiy Musalsal g'azallari Alisher Navoiy asarlari