Sahifa yuklanmoqda . . .


Qalb shunday ummonki...

Qalb shunday ummonki, uning bag'rida,
Dahshatli dolg'alar silsilasi bor.
Qalb shunday zaminki, otash qa'rida,
Vulqonlar otguvchi zilzilasi bor.

U bir sayyoradir. yerdek shafaqgun,
U bir olamdirki, bilmas nihoya.
Uni mehvaridan chiqarmoq uchun,
Atom jangi emas, bir so'z kifoya.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 15-Fevralda yuklangan

222 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qalb ummon bag'ri dahshat dolg'a silsila zamin otash qa'ri vulqon zilzila sayyora yer shafaq olam nihoya mehvar atom so'z
Muallif
Erkin Vohidov

Erkin Vohidov

Hozirgi zamon o’zbek she’riyatining taniqli vakili. Aruz va barmoq vaznlarida yozgan asarlari birdek mashhur. Ijodining asosini lirik turning barcha janrlaridagi she’riyati, dostonlari, dramatik asarlari, I.V.Gyote, S.Yesenin, R.Hamzatov singari jahon adabiyoti namoyandalari she’riyatidan qilgan tarjimalari tashkil etadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Erkin Vohidov She'rlari Erkin Vohidov asarlari