Sahifa yuklanmoqda . . .


Qalandar ishqi

Muhabbatning saroyi keng ekan, yo‘lni yo‘qotdim-ku,

Asrlik tosh yanglig‘ bu xatarlik yo‘lda qotdim-ku.

 

Karashma dengizin ko‘rdim, na nozlik to‘lqini bordir,

Halokat bo‘lg‘usin bilmay qulochni katta otdim-ku.

 

Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi, ayo do‘stlar,

Bu dunyo deb u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku.

 

Uning gulzorida bulbul o‘qib qon ayladi bag‘rim,

Ko‘zimdan yoshni jo‘ aylab alamlar ichra botdim-ku.

 

Qalandardek yurib dunyoni kezdim, topmayin yorni

Yana kulbamga qayg‘ular, alamlar birla qaytdim-ku.

 

Muhabbat osmonida go‘zal Cho‘lpon edim, do‘stlar,

Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku.

Boku, 1920


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 12-Yanvarda yuklangan

346 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
muhabbat saroy yo'l asr tosh xatar karashma dengiz noz to'lqin halokat quloch ishq dunyo baho pul gulzor bulbul qon bag'ir ko'z yosh alam qalandar yor kulba qayg'u osmon go'zal cho'lpon do'st quyosh nur
Muallif
Abdulhamid Cho'lpon

Abdulhamid Cho'lpon

(1898-1938) XX asr tongining porloq yulduzi Cho’lpon she’riyat, nasr, dramaturgiya, tarjimachilik va maqolanavislikda samarali ijod etdi. Vatan ozodligi va millat mavqeini yuksaltirish g’oyalarini mardona, jasorat bilan tarannum etuvchi ijodi istiqlol davri hayotimizning manfaatlariga xizmat qilmoqda.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Abdulhamid Cho'lpon Yakpora g'azallari Abdulhamid Cho'lpon asarlari