Sahifa yuklanmoqda . . .


"Po'stin" radifli g'azal

Chu bo‘ldi tanimga makon po‘stin,

O‘luk jismima berdi jon po‘stin.

 

Qilib daf i day shiddati ofatin,

Manga bo‘ldi dorulamon po‘stin.

 

Vujudim riyozig‘a bahman yeli

Esar chog‘da berdi amon po‘stin.

 

Agar jon qushig‘a qafas tandurur,

Valek erur oshiyon po‘stin.

 

Ichi xazz-u debo-yu qoqim durur,

Toshi atlas-u parniyon po‘stin.

 

Sovuq qahridin g‘am emaskim esa

Ango lutfi shahi jahon po‘stin.

 

Esang oqil, egningdin ayirmog‘il,

Hamisha bahor-u xazon po‘stin.

 

Birov qoqma chakmonga zor-u falak

Birovga berib ming do‘kon po‘stin.

 

Berib ashk-u durrin, sarig‘ yuz zarrin,

Olibman emas roygon po‘stin.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

305 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tan makon po'stin o'lik jism jon shiddat ofat vujud chog' yel qush qafas ich tash atlas sovuq qahr g'am lutf shah jahon oqil bahor xazon chakmon falak do'kon ashk dur yuz
Muallif
Muhammadniyoz Komil Xorazmiy

Muhammadniyoz Komil Xorazmiy

(1825-1899) Yangi o‘zbek adabiyotini ko‘p asrlik an’analarga ega mumtoz adabiyot bilan bog‘lab turadigan eng yorqin adabiy shaxsiyatlardan biri shoir Komildir. Serqirra iste’dod egasi Muhammadniyoz Komil milliy madaniyatimiz tarixida nafaqat shoir, balki yirik siyosiy arbob, taniqli musiqashunos, mohir tarjimon, yetuk xattot sifatida chuqur iz qoldirgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Muhammadniyoz Komil Xorazmiy Yakpora g'azallari Muhammadniyoz Komil Xorazmiy asarlari