Sahifa yuklanmoqda . . .


Parishon holing o`ldim...

Parishon holing o`ldim, so`rmading holi parishonim,
G`amingdan darda dushtim, qilmading tadbiri darmonim,
Na dersan, ro`zgorim bo`ylami kechsun, go`zal jonim?
Go`zim, jonim, afandim, sevdigim, davlatlu sultonim!


Asiri domi ishqing o`lali sandan vafo go`rman,
Sani har qanda go`rsam, ahli darda oshno go`rman,
Vafo-u oshnoliq rasmini sandan ravo go`rman,
Go`zim, jonim, afandim, sevdigim, davlatlu sultonim!


Degar har dam vafosiz charh yoyindin bango bing o`q,
Kima sharh aylayam kim mehnatu anduhu dardim cho`q,
Sango qoldi muruvvat, sandin o`zga hech kimsan yo`q,
Go`zim, jonim, afandim, sevdigim, davlatlu sultonim!


Go`zimdan dam-badam bag`ri uzub yoshim kibi ketma!
Sani tark etmazam, chun ban, bani san doxi tark etma!
Amondir, zolim o`lma , ban kibi mazlumi injitma!
Go`zim, jonim, afandim, sevdigim, davlatlu sultonim!

Qati go`ngling nadan bu zulm-la bedodi rog`ibdur?
Go`zallar san kibi o`lmas, jafo sandan na vojibdur,
Saningtek nozanina nozanin ishlar munosibdir,
Go`zim, jonim, afandim, sevdigim, davlatlu sultonim!


Nazar qilmazsan ahli dard go`zdan oqizan sela,
Yamonlikdur ishing ushshoq-la, yaxshimidir so`yla,
Kel Allohi sevarsang oshiqa javr etma , lutf ayla,
Go`zim, jonim, afandim, sevdigim, davlatlu sultonim!


Fuzuliy shevayi ehsoning istar bir gadoyingdir,
Dirildikcha saning ko`ying, o`landa xoki poyingdir,
Gerak o`ldir, gerak quv: hukm hukming , roy royingdir,
Go`zim, jonim, afandim, sevdigim, davlatlu sultonim!


Ushbu murabba'ni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

107 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
parishon hol g'am dard tadbir darmon go'zal jon ko'z afandi sevgi davlat sulton asir ishq dom vafo ahli oshno charx o'q sharh mehnat anduh muruvvat kimsa bag'ir ko'ngul tark zolim mazlum jafo vojib nozanin ish nazar Alloh lutf fuzuliy ehson sheva
Muallif
Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy

Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy

(1498-1556) Muhammad Sulaymon o’g’li Fuzuliy Sharqning eng mashhur shoirlaridandir. U 1498-yilda Iroqning Karbalo shahrida tug’ilgan. Fuzuliy ijodi boy va rang-barang bo’lib, ko’lami va qudratiga ko’ra butun turk adabiyotida alohida bir bosqichni tashkil qiladi. XVI asr turkiy she’riyatida unga qiyos etgulik ikkinchi bir shoirni topib bo’lmaydi. U, avvalo, zabardast lirik shoirdir. Yuzlab ehtirosli g’azallar yozgan, devonlar tuzgan, turkiy she’rning buyuk Navoiydan keyin qadr-u e’tiborini yuksak sharaf va mas’uliyat bilan himoya eta olgan ijodkordir.

Batafsil


Yangi Murabba'lar Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy Murabba'lari Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy asarlari