Sahifa yuklanmoqda . . .


Panohim shu Quyosh va shu Er...

Panohim shu Quyosh va shu Er –
Ikkisi bir kunda tug‘ilgan
Ikkisi mangudir, yoshi teng,
Birisi biriga yo‘g‘rilgan.

Men Quyosh ortidan quvaman,
Yoritar siniqqan tarzimni.
Zaminim, seni ham sevaman,
Uzmoqchi bo‘laman qarzimni.

Ruhimda turfa xil tuyg‘u jam,
Tayyorman qarzimni bermoqqa.
Gar seni boshimda ko‘tarsam,
Joy topa olmayman yurmoqqa!

Zaminim, kechirgil, meni sen,
Ko‘targum, lekin yo‘q ilojim.
Quyoshim, sen juda buyuksan,
Quchmoqqa etmaydi qulochim!..

1967


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
17-Martda yuklangan

66 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
panoh quyosh yer kun yosh
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari