Sahifa yuklanmoqda . . .


Palaxmon

Osmon yerga engashib, 
Bulut sog'di kun bo'yi, 
Yolg'onchi yor to'yida
Yomg'ir yog'di kun bo'yi.

Yomg'ir emas, bu xalqob
Kelinchak ko'z yoshidir. 
Yig'lama yor, qiz bola
Palaxmonning toshidir.

Qayg'urmagil qo'y, chorbog'
Aylanamiz yur do'stim, 
Peshonang shu ekan, bu -
Taqdir, dedi bir do'stim...

Taqdir emas, ayirgan, 
Yorning qalam qoshidir. 
Qolaversa, qiz bola
Palaxmonning toshidir.

Egilmagan yerlarga
Egib yigit boshimni, 
Palaxmon-ey qaylarga
Otding yoqut toshimni!


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 24-Aprelda yuklangan

102 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
palaxmon osmon yer bulut kun bo'y yolg'on to'y yomg'ir xalqob kelin yor qiz chorbog' peshona taqdir do'st qalam qosh yigit yoqut tosh
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari