Sahifa yuklanmoqda . . .


O‘z-o‘zini tanqid

(Hazil)

Men o‘zimni ayamayman,
“Rahm etmayman” jonimga.
O‘z -o‘zini tanqid qilmoq
Singib ketmish qonimga.

Har yig‘inda so‘z olaman,
Ma’ruzani boplayman.
Yomonlarning dodin berib,
Yaxshilarni yoqlayman.

Majlis borki, har gal menga
Nasib etar so‘zlamoq.
Bu shunchaki hazil emas,
Birovlarni tuzlamoq!

Axir, bizning jamoada
Bironta ish bo‘lmas xom.
Temirdan ham mustahkamdir
Mehnat degan intizom.

Xodimlar ham ichmas,chekmas,
Har yumushda sarishta.
Zarracha ayb topolmaysiz,
Bamisoli farishta.

Qolaversa, boshlig‘imiz
Hech qaysiga “otmas” tosh.
Birisiga jo‘ra bo‘lsa,
Birisiga qarindosh.

Shunday bo‘lgach, qandoq qilay,
Siqay kimning qo‘lini?
Men ham sekin qidiraman
Gap tegmaslik yo‘lini.

Taassubga o‘rin qolmas,
hech kim bo‘lmas so‘zimni.
“Jamoani maqtaymanu
“Savalayman” o‘zimni…

1973


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 20-Martda yuklangan

26 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
hazil rahm jon tanqid qon
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari