Sahifa yuklanmoqda . . .


O'zim

Menam banda, xudoyimdan bir nur so‘rab yuribman,

Atrofim loy, men qalbimni gulga o‘rab yuribman.

Do‘st-u yor ko‘p, lek baribir azal qonun bittadir:

O‘z boshimga yoqqan qorni o‘zim kurab yuribman.

 

Ehtimolki, zohirimga tog‘lik bermish xudoyim,

Oh, netayki, yuragimni dog‘lik bermish xudoyim.

Ayturlarki: siz bir tog‘siz, g‘amlar sizga kor qilmas,

Bilmaslarki, ich-ichimdan nurab-nurab yuribman.

 

Bilmay qoldim, o‘z umridan bezorlikmi tiriklik,

Yo shunchaki bir o‘yinmi, bekorlikmi tiriklik.

El koriga yarayman deb qo‘lga qalam tutgandim,

Bu ne zamon, o‘z korimga o‘zim yarab yuribman.

 

Munofiqlar ichra qolib ketgan toshman, ehtimol,

Qiblasini topolmayin qolgan boshman, ehtimol.

Tilimdagi tilovatni qushlar olib ketdilar,

Ne baxt, bugun xudoyimni dilga joylab yuribman.

 

Bir umrida bir gullashga zoriqqan daraxtdekman!

Bahorini kutaverib, zerikkan daraxtdekman!

Bir paytlar ajal manim yo‘lim poylab yurardi,

Ne tong, bugun ajal yo‘lin o‘zim poylab yuribman.

 

Bir umrida bir gullashga zoriqqan daraxtdekman…


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 05-Aprelda yuklangan

392 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
banda xudo nur atrof loy qalb gul do'st yor bosh qor zohir tog' yurak dog' g'am umr tiriklik o'yin bekorlik el kor qo'l qalam zamon munofiq tosh qibla til tilovat qush baxt dil daraxt bahor payt ajal
Muallif
Guljamol Asqarova

Guljamol Asqarova

Guljamol Asqarova 1978-yil 5-mart kuni Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on tumani, Beshdarg’at qishlog’ida tug’ilgan. O’zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, 2001 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining adabiyot yo’nalishi sohibasi. "Dil fasli", "Ro’shnolik", "Bedor qo’ng’iroq","Baxt dastxati" nomli she’riy kitoblari nashr etilgan.

Batafsil


Yangi She'rlar Guljamol Asqarova She'rlari Guljamol Asqarova asarlari