Sahifa yuklanmoqda . . .


O'zbekman

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Yangi bir asrning ostonasi bu,
Yetishdim umrimning qutlugʻ yoshiga.
Tilimda shukrona, dilimda gʻulu,
Tarix sarkotibin keldim qoshiga:
— Mana, men - Oʻzbekman, qoʻlimda tug'im
Va barcha a’molim bitilgan kitob.
Shuning ichidadir borim va yoʻgʻim,
Shuning ichidadir men uchun oftob.
 

Oʻzbekman, inshoolloh, iymonim butun
Tilim qisiq emas bashariyatdan.
Kimgadir tengdirman, kimdandir ustun
Zuvalam qorilgan samimiyatdan.
 

Oʻzbekman, gohida iqbolim kulib,
Gohida oʻzimdan chiqqan ofatim.
Dunyoni olsam-da jahongir boʻlib,
Goʻdak yigʻisiga yoʻqdir toqatim.
 

Oʻzbekman, qanchalik jafo chekmayin,
Oʻzimga haq boʻldim, oʻzimga haqman.
Yashadim yovlarga boʻyin egmayin,
Bu kun oʻz erkiga erishgan xalqman.
 

Istiqlol, ketma yurt peshonasidan,
Tole, tark etmagin bizni ilohim.
Mana, yangi asr ostonasidan
Oʻtdim. Bismillohir rahmonir rohim.

2000


Online dars - zoom, google meet orqali


Erkinjon
17/04/2017
Ma'lumot
2017, 09-Martda yuklangan

647 marta ko'rildi

4 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Abdulla Oripov o'qidi


Tayanch tushunchalar:
o'zbek yangi asr ostona umr yosh qutlug' til shukr dil g'ulu tarix kotib tug' a'mol kitob bor yo'q oftob inshoolloh iymon bashar zuvala samimiyat iqbol ofat jahongir go'dak yig'i toqat jafo haq yov bo'yin erk xalq istiqlol yurt
Muallif
Abdulla Oripov

Abdulla Oripov

O’zbek she’riyatining yorqin, betakror siymosi. O’ziga xos uslub, she’riy ovoz sohibi. Lirik qahramoni dunyoning sir-sinoatiga oshufta va undan hikmat izlovchi, komillik va ezgulik tantanasiga jo’shqin qalb shijoati bilan intiluvchi serfazilat inson. Dramatik dostonlari, jahon adabiyoti durdonalaridan qilgan tarjimalari ham mashhur.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulla Oripov She'rlari Abdulla Oripov asarlari