Sahifa yuklanmoqda . . .


Otam xotirasiga

Derazamning ostida tongda
Sayragan qush sizmasmi, ota?

YO to’nimga ko’klam, mozorda
Yopishgan gul sizmasmi, ota?

O’n yildirki dunyoda yo’qsiz
Yuragimda qolgan firoqsiz.

Ko’rmagansiz mening o’g’limni,
Erkatoyim, sho’xim, to’qlimni.

Men ham yoshim oshgani sayin,
Sochimga oq tushgani sayin,

Ba’zan qo’msab sizni ich-ichdan,
Yurak titrab so’nggi ilinjdan,

Otam deya alqab o’g’limni,
Ko’taraman o’zim ko’nglimni.

1982


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

63 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari