Sahifa yuklanmoqda . . .


Otam ko'rgan ufqlarni ko'zladim men...

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Otam ko'rgan ufqlarni ko'zladim men,

U topmagan baxtlarni izladim men,

Ko'p yo'l yurdim, manzilimga yetolmadim,

Yuksak edi orzularim...tutolmadim.

 

Yer qismati hamon dilga g'uluv solar,

Bu dunyoning chaqolmadim ma'nosini.

Muammolar, muammolar, muammolar...

Men o'g'limga qoldiraman hammasini.

 


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 09-Aprelda yuklangan

300 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Faxriddin Shamsimatov o'qidi


Tayanch tushunchalar:
ota ufq ko'z baxt iz yo'l manzil orzu yer qismat dil g'uluv dunyo ma'no muammo o'g'il
Muallif
Asqad Muxtor

Asqad Muxtor

Roman, qissa, hikoyalari va she’riyati o’zining falsafiy teranligi, yoqimli badiiy mavjlari bilan o’quvchini rom etadi. «Opa-singillar», «Tug’ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu», «Jar yoqasida chaqmoq», «Buxoroning jin ko’chalari» singari yirik nasriy asarlari elga manzur. Adib yangicha mazmuniy va shakliy izlanishlarining samaralari bilan ham o’zbek adabiyoti tarixida o’ziga xos iz qoldirdi.

Batafsil


Yangi She'rlar Asqad Muxtor She'rlari Asqad Muxtor asarlari