Sahifa yuklanmoqda . . .


"Oshno" radifli g'azal

Davlating boridadurlar barcha olam oshno,

Qaytgach davlat, jahonda topilur kam oshno.

 

O’yla bekaslik meni mahzung‘a topmish dastkim,

Bir kishi yo‘qdur mango juz kulfat-u g‘am oshno.

 

Baski, davron xohishi begonalig’ solmoqdurur,

Bir-biriga bo‘la olmas ikki hamdam oshno.

 

Kimki bo‘ldi oshno, bot ayladi begonalig’,

Topmadim bu davr aro bir ahdi mahkam oshno.

 

Gar vafo bo‘lsa, birida bo‘lg‘ay erdi, ko‘rmadim,

Bo‘ldilar har nechakim avlodi odam oshno.

 

Hajr ranjidin o‘larga yetmishamkim, ko‘rsalar

Holima tutg‘ay azo begona, motam oshno.

 

Ishq aro ul nav erur vahshat meni majnung‘akim,

O‘zgani demay, bo‘la olmas ko‘ngul ham oshno.

 

Dard chekmak, ashk to’kmak ishq eliga xosdur,

Har ko‘ngulga dard, har ko‘zga emas nam oshno.

 

Muniso, davron g‘ami begona bo‘lsa, tong emas

Kim, senga bo‘lmish biyik donishvar Akram oshno.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 06-Yanvarda yuklangan

355 marta ko'rildi

6 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
davlat olam oshno jahon bekas mahzun dast kishi kulfat g'am davron xohish begona hamdam davr mahkam ahd vafo avlod odam hajr ranj hol azo motam ishq majnun ko'ngul dard ashk ko'z munis akram
Muallif
Shermuhammad Munis

Shermuhammad Munis

(1778-1829) Shermuhammad Amir Avazmuhammad o‘g‘li MunisXorazmiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida dunyoga kelgan. U madaniyatimiz tarixida shoir, tarixchi, tarjimon, xattot va ma’rifatparvar shaxs sifatida nom qoldirgan. Xiva xoni Shermuhammadni saroyga farmonnavis kotib qilib tayinlaydi. Munis butun ongli faoliyati davomida ilm-fan, madaniyat va san’at kishilariga homiylik qiladi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Shermuhammad Munis Yakpora g'azallari Shermuhammad Munis asarlari