Sahifa yuklanmoqda . . .


O’sha kun yurakdan yig’ladim ilk bor...

O’sha kun yurakdan yig’ladim ilk bor,
O’sha kun yuraging tamom o’zgardi.
O’sha kun yellarga qovushdi mador,
Qor esa zaminga Mehr to’kardi.

O’sha kun uzrlar tug’di tilginang,
O’sha kun Ishq yangi firoq chiqardi.
O’sha kun ko’p durlar yaratdi diydang —
Qor esa zaminga Mehr to’kardi.

Men bunday kunni hech kutmagan edim,
Izg’irin so’zlardan ko’ksim ko’kardi.
Ko’zingga termuldim,tinglagancha jim —
Qor esa zaminga Mehr to’kardi.

O’sha kun…O’sha kun… Siyoh o’sha kun,
O’sha kun ming yoshli umrim qisqardi.
O’sha kun qorlarga yomg’ir yog’dirdim,
Qor esa…zaminga Mehr to’kardi…

O’sha kun men zamin bo’lib qolsaydim…


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 20-Aprelda yuklangan

245 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kun yurak yig'i yel mador qor zamin mehr uzr til ishq firoq dur diyda kutish izg'irin so'z ko'ksi ko'k ko'z siyoh yosh umr
Muallif
Saodat Fayziyeva

Saodat Fayziyeva

Saodat Fayzieva 1992-yil 11-iyulda Buxoro viloyati Olot tumanida tug’ilgan. Qalbida ilmga qiziqish erta uyg'ongan bo'lajak shoira tumandagi fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 31-IBMIga o'qishga kiradi. U 2009-yilda ushbu dargohni a'lo baholar bilan tamomlab, O’zbekiston Milliy universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida tahsilni davom ettiradi va bu yerda ko'plab ustozlardan adabiyotning nozik sir-u asrorlarini o'rganadi. Uning she'rlarida ayol qalbining eng inja va sohir jihatlari mahorat bilan qalamga olingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Saodat Fayziyeva She'rlari Saodat Fayziyeva asarlari