Sahifa yuklanmoqda . . .


Oqshom

O, bu kecha ajoyib oqshom,
Asir etar oyning jamoli.
Men xursandman, sarhushman bu dam,
Esib turar bahor shamoli.

Sayr etaman xiyobon uzra,
Qalbimda bir ismsiz qo‘shiq.
G‘ildirakdek aylanar kurra,
Uchgim kelar dunyolar oshib.

Chiroqlardan qamashar ko‘zlar,
Yaproqlarda shu’lalar qat-qat,
Oqshom o‘zi bir ertak so‘zlar,
Ishq va baxtdan so‘zlar u faqat.

Sevishganlar ko‘nglini yozar,
Ishq olami naqadar ko‘rkam!
To‘p-to‘p yulduz samoda kezar,
Xiyobonda kezaman men ham.

Tongda birpas tin olar kuylar,
Allaqayda jaranglaydi jom…
So‘ng quyoshga ko‘milar o‘ylar,
O‘zga yurtga jo‘naydi oqshom.

1968


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

36 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kecha oqshom asir bahor shamoli
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari