Sahifa yuklanmoqda . . .


Onam qarib qolgan

Onam qarib qolgan. Tushida
So’zlashadi u otam bilan.
Ko’zlaridan oqqan yoshida
Men otamning aksin ko’raman.

Onam qarib qolgan. Qo’rqaman,
Ba’zan azob bo’g’zimni qisar.
Ko’zim yumsam uni ko’raman,
Shundan yoshga to’ladi ko’zlar.

Xat yozmayman. Ba’zan sim qoqib
Hol-ahvolin so’rayman… Ammo
Yarim tunlar uyg’onib goho
O’y suraman shiftga jim boqib.

Dalalarda qo’narkan shudring,
Tongni qarshi olaman titrab,
“Ona, — deyman, — mani kechirgin”,
“Ona”, — deyman labim pirpirab.

1986

* * *

Bor ekan-da, deding – ishondim,
Yo’q ekan-da, deding – ishondim.
Qirga chiqdim qilichim olib:
Men hech kimni ammo ko’rmadim.

Chumchuq chaqimchi, deding – qo’rqmadim,
Qarg’a qaqimchi, deding – qo’rqmadim.
Qirga chiqdim sovutim olib,
Men hech kimni ammo ko’rmadim.

Och ekan-da, deding – non tutdim,
Yalang’och ekan-da, deding – jon tutdim,
Qirga chiqdim nayzamni olib
Va dev bilan yuzma-yuz keldim…

Qonlar oqdi daryo-daryo…
Bor ekanlar yo’qoldi,
To’q ekanlar bor bo’ldi,
Chaqimchilar chaqildi,
Qaqimchilar qoqildi,
Ochlar esa to’q bo’ldi,
Yalang’ochlar shoh bo’ldi…

Murod-maqsadimga yetmadim…

1986


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

23 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari