Sahifa yuklanmoqda . . .


ONA TUPROQ

Jon jonimga singib ketgan,
Qon qonimga tinib ketgan,
Zamin zari bo'lib turgan,
Ona tuproq muqaddassan,
Sen azizsan mo'tabarsan.

Gullayversang shoddir ko'nglim,
Porlayversang yashnar dilim,
Senda yashar o'g'il qizim,
Ona tuproq muqaddassan,
Sen azizsan mo'tabarsan,

Osmon quchgan tog'lar bisyor,
Adirlaring gul lolazor,
Har tarafingdir chamanzor,
Ona tuproq muqaddassan,
Sen azizsan mo'tabarsan.

Jannatmakon diyor o'zing,
Olam ichra tanho o'zing,
Ardoqlagay o'g'il qizing,
Ona tuproq muqaddassan,
Sen azizsan mo'tabarsan.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
15-Martda yuklangan

258 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
jon qon zamin ona tuproq
Muallif
Feruz Kamol

Feruz Kamol

Feruz Kamol 1993-yil 3-mayda Buhoro viloyatining Shofirkon tumanida tug'ilgan. Ijodkorning ma'lumoti o'rta. Hozirda yosh shoirning bir nechta she'rlarini e'tiboringizga havola etamiz. Yosh ijodkorga esa o'z ustida yanada ishlashni tilab qolamiz.

Batafsil


Yangi She'rlar Feruz Kamol She'rlari Feruz Kamol asarlari