Sahifa yuklanmoqda . . .


O‘kinch

Goh tunda ko‘zimni yumdirmas soat,
Chamamda, tun dardin soat yutyapti.
Aslida sergaklik menga bir odat,
Umr o‘tyapti!

Qanchalik urinmay,
Baribir bo‘lmas.
Go‘yoki uyqu ham fursat kutayapti?
Hademay bu tundan asar ham qolmas,
Umr o‘tyapti!

Bir payt qarabsizki,
Quyosh ham sekin
Ufq bag‘rin qonatib botib ketyapti.
Men ham o‘z kulbamga qaytaman,
Lekin
Umr o‘tyapti!

Kun chiqar,
Kun botar,
Hech bo‘lmas tamom.
Hayot ham kunlarga yukin ortyapti.
Faqat men qo‘shig‘im boshlolmam hamon,
Umr o‘tyapti!

1976


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
17-Martda yuklangan

147 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tun ko'z soat dard odat umr
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari