Sahifa yuklanmoqda . . .


O'g'lim Temurga

O’g’lim, bu yer –
Bizning yerimiz.
O’zimizning yerimiz.
Qo’rqmasdan qadam tashla.
Yer juda qattiq –
Bobolarning qoni qotirgan uni,
Momolarning ko’zyoshi qotirgan.
O’g’lim, bu yer –
O’zimizniki,
Hadiksirama, ishongin otangga,
Hadeb qarayverma orqangga.
Yiqilsang, ko’tarar
Seni bu tuproq.
Yiqilsang, turmoqni o’rganasan,
Turmoqni o’rgan, o’g’lim.
Yiqilsang, emaklama,
Emaklaganim yetar, o’g’lim,
Qad tiklashni o’rgan,
Shuning uchun bizga berilgan
Bu yer – bu Vatan.

1981


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

132 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari