Sahifa yuklanmoqda . . .


Nogohonda elitsa uyqu...

Nogohonda elitsa uyqu,
Gar hushimni chulg‘asa ro‘yo,
Zarb bermasa qalbimda g‘ulu,
Men orzudan voz kechgum, Dunyo!

Og‘ir yo‘lda horisam, tolsam,
Tole izlab yurganim asno,
Bir girdobda aylanib qolsam,
Aslo meni qo‘llama, Dunyo!

Maqsadimga etmasa qo‘lim,
Pok ko‘ngilni qlisam sim-siyo,
Qaro bo‘lsin mening baxt yo‘lim,
G‘azabingga duchorman, Dunyo!

Hislarimni ko‘msa gar qirov,
Shamol kabi izsiz ketsam yo,
Loqayd deya atasa birov,
Men ham seni tark etgum, Dunyo!

1973


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
17-Martda yuklangan

108 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
uyqu ro'yo zarb qalb g'ulu orzu dunyo
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari