Sahifa yuklanmoqda . . .


Nikolas Gilyen Mavzuida

Bilasizmi,ba’zan tunlari
Sog’inaman sizni judayam…
Istayman men shunda:
Tun kabi
Sizni mahkam bag’rimga bossam.

Shamol sochgan sochlaringizni
Olovida ketsaydim kuyib,
Kechalari bossam bag’rimga
Umr qisqa ekanin tuyib,

Dali,telba bo’lgim keladi
Ishqingizdan,hasratingizdan
Va sog’inchdan o’lgim keladi
Ko’zim uzmay suratingizdan.

Es-hushini yo’qotgan mastday
Yig’lay deyman sizni quchoqlab,
O’lgim,
O’lgim,
O’lgim keladi
O’z-o’zimni tig’lab-pichoqlab

Va qonimdan bir gul undirib
(Bahorningmas,bo’lsin kuzniki),
Shivirlagim keladi asta:
«Oling…
Oling…
Bu gul sizniki!..»


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
25-Noyabrda yuklangan

23 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari