Sahifa yuklanmoqda . . .


Nevara

Ulug‘bekka

Nevaram quyunday otilib kirib,

Qalamim tagidan qog‘ozni yular.

Damda varrak yasab ko‘kka uchirib,

Izidan qop-qora ko‘zlari yurar.

Varrak tortar shekil, murg‘akni kuch-la

Oyoq tirab siltar dakani kibor.

Ayrilib qog‘ozdan, she’rdan va hushdan

Boqaman varrakboz jonga baxtiyor.

Naq bobosi siyoq zehnday tiyrak,

Ko‘kish alangada yonar soch-u qosh.

Borlig‘i ezgu bir o‘t bo‘lsa kerak,

Tomirlarda qonmas, kezadi quyosh.

Daka varrak tiniq zangori fazo

Tubiga intilar, sho‘ng‘ir naq xayol.

Talpingan ko‘ksingda, bolakay, ne bor,

Sen iqbolga, senga ne tutar iqbol?

Nevara bo‘lmasa, odamzod albat,

O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 28-Fevralda yuklangan

776 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
nevara ulug'bek quyun qalam qog'oz varrak ko'k iz ko'z qora kuch oyoq dakan kibor hush she'r jon baxt bobo zehn alanga soch qosh borliq ezgulik o't tomir qon quyosh zangor fazo tub xayol bola ko'ksi iqbol odam kashf
Muallif
Zulfiya

Zulfiya

Yigirmanchi asr o’zbek adabiyotining barkamol ijod sohibasi. She’riyatida inson ruhiyatining shodon, mahzun xilma-xil kechinmalari, davr to’fonlari va yashash mohiyatiga doir ulug’vor falsafiy qarashlar mujassam. She’r-u dostonlari umumbashariy g’oyalari bilan, ularning jozibali hamda san’atkorona ifodasi bilan o’zbek va dunyodagi boshqa ko‘plab xalqlar she’riyat muxlislarining qalbidan mustahkam joy olgan.

Batafsil


Yangi She'rlar Zulfiya She'rlari Zulfiya asarlari