Sahifa yuklanmoqda . . .


“Mushkuldur” radifli g’azal

Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,

Sening birla chiqishmoqlik dag'i bisyor mushkuldur.

 

Mizojing nozik-u sen tund, men bir beadab telba,

Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur.

 

Ne osig' nola-u faryod xobolud baxtimdin,

Bir unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur.

 

Manga osondurur bo‘lsa, agar yuz ming tuman dushman,

Vale bo‘lmoq jahonda, ey ko‘ngul, beyor mushkuldur.

 

Visolinkim tilarsen nozini xush tortg'il, Bobur,

Ki olam bog'ida topmoq guli bexor mushkuldur.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 12-Sentabrda yuklangan

2299 marta ko'rildi

13 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sabr yor mijoz adab telba hol pari izhor nola faryod baxt un tuman dushman jahon ko’ngul visol noz olam bog’ gul
Muallif
Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur

(1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas. balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Zahiriddin Muhammad Bobur Yakpora g'azallari Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari