Sahifa yuklanmoqda . . .


Moziy qushlar

20-30-yillar shoirlari xotirasiga

Moziyning qushlari
Uchib kelarlar,
Olisdan kelarlar,
Toliqib chanqoq.
Meni-da ko’rarlar,
Xandon kularlar.
Chaqmoqqa qo’narlar –
So’nadi chaqmoq.

Moziyning qushlari
Aylanar giryon,
Qo’nmoqqa bexatar
Maskanni kutib.
Men esa kutarman
Bosh egib hayron,
Qo’limni tig’lardan
Balandroq tutib.

1987


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

23 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari