Sahifa yuklanmoqda . . .


Mening o'g'lim qo'rqmaydi itdan

Mening o’g’lim qo’rqmaydi itdan,
Mening o’g’lim qo’rqar fashistdan.

Kinodan so’ng yig’laydi hadeb:
“Nega otdi kampirni, ayt?” – deb.

Savol berar labi burishib,
Yig’lar uzoq, yuzi tirishib.

Mening o’g’lim tunlari birdan
So’rab qolar shivirlab mendan:

“Kelmaydimi fashistlar, dada,
Kelib bizni otmasmi, dada?”

“Yo’q, kelmaydi” – deymanu biroq
O’g’lim o’ylar suradi uzoq.

Uxlolmayman men ham to sahar,
Yuragimni kemirar xatar.

Atrofda tun, uvillar itlar,
Derazamdan boqar fashistlar…

1986

* * *

Jang tugadi. Otlar kishnamas.
O’qlar uchmas. Nayzalar uchmas.
Tig’lar singan. O’qdonlar bo’m-bo’sh.
Eshitilmas biror-bir nafas.

Nafas tingan. Qolgandir shafqat.
Vido qolgan. Tingandir yurak.
Bilmay qayga qo’nmoqni faqat
Janggoh uzra uchar kapalak.

Mardu-nomard murdasi to’la
Bu muqaddas, qon shimgan dala
Aro xanjar ko’ksida yotar
Vatan uchun jon bergan bola.

Qoni qotib yerga yopishgan,
Uni yerdan bo’lmaydi uzib.
Uning ochiq qolgan ko’zida
Oq bulutlar o’tadi suzib.

1983


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

16 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari