Sahifa yuklanmoqda . . .


Mening firoqim-u...

Mening firoqim-u aning visoli tun bila tong,

Bu nav dahrda yo‘q ehtimoli tun bila tong.

 

G'arib zulf-u yuz ermasmukim, jahon eliga,

Ko‘runmamish bu ikining misoli tun bila tong.

 

Tongim yorug'-u tunum tiyradurki, chirmashdur

Ko‘ngul aro zulfing xayoli tun bila tong.

 

Ne tunda aysh nasimi, ne tongda mehr, magar,

Ki, bo‘ldi zulf-u yuzung poymoli tun bila tong.

 

Tunning xujasta, tonging qultug' o‘lsun, ey mahvash

Ki, ikki banda sanga bo‘ldi holi tun bila tong.

 

Biravki, tong-u tunin boda birla o‘tkargay,

Yaqinki, bo‘lmag'ay aning mololi tun bila tong.

 

Navoiy etmadi zulf-u yuzung visolin kashf,

Valek erur g'amining ittisoli tun bilan tong.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 15-Iyulda yuklangan

222 marta ko'rildi

10 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
firoq visol tun tong dahr ehtimol zulf yuz jahon el misol ko’ngul aysh mehr hol boda malo
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Alisher Navoiy Yakpora g'azallari Alisher Navoiy asarlari