Sahifa yuklanmoqda . . .


Meni ishqdin man etar soda shayx…

Meni ishqdin man etar soda shayx,

Dema soda shayx, aytkim loda shayx.

 

May ustidagi xascha qilma hisob,

Agar su uza solsa sajjoda shayx.

 

Yorug‘liq emas mumkin andinki, bor,

Zalolat tariqida uftoda shayx.

 

Riyo bahri ichra ta’ma zavraqin,

Solubdur asodin tutib xoda shayx.

 

Yoyar domi tazvir el saydig‘a,

Qilib subhadin dona omoda shayx.

 

G‘azabda sabu, shahvat ichra bahim,

Agarchi erur odamiyzoda shayx.

 

Kirar odamiy sonig‘a qilsa no‘sh,

Fano dayrida bir qadah boda shayx.

 

Irodattin o‘lg‘ay edim bandasi,

Agar topsam erdi bir ozoda shayx.

 

Eranlardin o‘zni tutar, garchi bor

O‘kush zeb-u ziynat bila moda shayx.

 

Navoiy tilar soda yuzlug yigit,

Ne g‘am gar aning man etar soda shayx.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 15-Iyulda yuklangan

482 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ishq shayx may xas hisob riyo g’azab odam fano qadah boda iroda banda g’am
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Alisher Navoiy Yakpora g'azallari Alisher Navoiy asarlari