Sahifa yuklanmoqda . . .


Men sizni bezovta qilmasman ortiq...

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Men sizni bezovta qilmasman ortiq,

Bildim, bo‘g‘zingizga keldi malolim.

Ammo men netayki, ishqsiz dunyoda,

Mudom bo‘yningizda qolmish zavolim.

 

Yodingizga yodim maloli kelmish,

Ko‘zingiz zerikkan mendan, bilaman.

Go‘zal tuyg‘ularim xo‘rlangan joyda,

Men nima qilaman?

 

Yig‘lab chorlamasman ilojin topsam,

Endi ko‘zingizda otmas tonglarim.

Nurdan tuproqqacha sirli dunyoda,

Men Sizni angladim…

 

Nur izlab kelgandim dunyoingizga,

Zulmatlar darchasin yopolmadim hech.

Ayriliq ranglari to‘lgan dunyoda,

Men yashil rangimni topolmadim hech.

 

Xayr, men o‘ziga begona odam,

Sizga ham qadrdon bo‘lmog‘im qiyin.

Mabodo sog‘inib qolsangiz agar,

Qo‘ng‘iroq qilarman...

Ming yildan keyin.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 05-Aprelda yuklangan

168 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Guljamol Asqarova o'qidi


Tayanch tushunchalar:
muhabbat ishq sevgi malol dunyo zavol yod ko'z tuyg'u joy yig'i iloj tong nur tuproq zulmat rang ayriliq yashil odam begona qadr sog'inch qo'ng'iroq yil
Muallif
Guljamol Asqarova

Guljamol Asqarova

Guljamol Asqarova 1978-yil 5-mart kuni Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on tumani, Beshdarg’at qishlog’ida tug’ilgan. O’zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, 2001 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining adabiyot yo’nalishi sohibasi. "Dil fasli", "Ro’shnolik", "Bedor qo’ng’iroq","Baxt dastxati" nomli she’riy kitoblari nashr etilgan.

Batafsil


Yangi She'rlar Guljamol Asqarova She'rlari Guljamol Asqarova asarlari