Sahifa yuklanmoqda . . .


Men o'tgan umrga...

Hayot kitobimni bexos varaqlab, 
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim. 
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab. 
Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.

Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob, 
Yurak boyligidan qilmabman parvo. 
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob, 
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.

Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim, 
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima - bildim.
Shu-da bir yashash!..
 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 26-Fevralda yuklangan

11426 marta ko'rildi

13 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
hayot kitob varaq umr tabassum kulgi sevgi ipak chit kimxob yurak boylik parvo qo'shiq saboq izzat
Muallif
Zulfiya

Zulfiya

Yigirmanchi asr o’zbek adabiyotining barkamol ijod sohibasi. She’riyatida inson ruhiyatining shodon, mahzun xilma-xil kechinmalari, davr to’fonlari va yashash mohiyatiga doir ulug’vor falsafiy qarashlar mujassam. She’r-u dostonlari umumbashariy g’oyalari bilan, ularning jozibali hamda san’atkorona ifodasi bilan o’zbek va dunyodagi boshqa ko‘plab xalqlar she’riyat muxlislarining qalbidan mustahkam joy olgan.

Batafsil


Yangi She'rlar Zulfiya She'rlari Zulfiya asarlari