Sahifa yuklanmoqda . . .


Mehr qolur

O‘tar qancha yillar to‘zoni,

Yulduzlar — ko‘zyoshi samoni.

O‘tar inson yaxshi-yomoni,

Mehr qolur, muhabbat qolur.

 

Qorachug‘da porlagan o‘sha,

Iqboliga chorlagan o‘sha.

Dunyoni tor aylagan o‘sha —

Mehr qolur, muhabbat qolur.

 

Anor, sening yuzlaring suluv,

Xumor, sening ko‘zlaring suluv,

Yodda qolmas so‘zlaring suluv,

Mehr qolur, muhabbat qolur.

 

Oqib ketdi suvlarda Tohir,

Zuhro yig‘lab qoldi qon bag‘ir.

Kelganda ham qiyomat oxir,

Mehr qolur, muhabbat qolur...

 

Nima deysan, ey, g‘ayur inson?

G‘iybatlaring qildi meni qon.

Sen ham bir kun o‘tursan, inon,

Mehr qolur, muhabbat qolur!


Online dars - zoom, google meet orqali


Islomjon
22/04/2017
Ma'lumot
2017, 16-Fevralda yuklangan

7586 marta ko'rildi

7 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
mehr yil to'zon yulduz ko'z yosh samo inson muhabbat iqbol dunyo anor yuz xumor yod so'z suv tohir zuhro qon yig'i qiyomat oxirat g'iybat
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari