Sahifa yuklanmoqda . . .


Mango qilma, ey moho oliyjanob...

Mango qilma, ey moho oliyjanob,

Itob-u itob-u itob-u itob.

 

Erur ishqing o‘tig‘a ko‘nglum mudom

Kabob-u kabob-u kabob-u kabob.

 

Chu kelding, ketarmen deb qilma ko‘b

Shitob-u shitob-u shitob-u shitob.

 

Jamolingg‘a boqg‘onda solma ango

Niqob-u niqob-u niqob-u niqob

 

Yuzung mus’hafi sharhi o‘lg‘ay

Kitob-u kitob-u kitob-u kitob.

 

Mug‘anniy cholib ayla ko‘nglumni shod

Rubob-u rubob-u rubob-u rubob.

 

Binoyi jahon bordur suv uza

Hubob-u hubob-u hubob-u hubob.

 

Ango ko‘b ko‘ngul qo‘ymakim, bo‘lg‘ay — o‘q

Xarob-u xarob-u xarob-u xarob.

 

Sango bo‘lsa ham oy-u kun qilma faxr

Rikob-u rikob-u rikob-u rikob.

 

Erur jiyfa dunyo oning tolibi

Gilob-u gilob-u gilob-u gilob.

 

Labing hajrida ichmagay Komiling

Sharob-u sharob-u sharob-u sharob.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

341 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
moh oliyjanob itob ishq o't ko'ngul kabob shitob jamol niqob yuz mus'haf sharh kitob mug'anniy rubob bino jahon suv hubob xarob oy kun faxr rikob dunyo tolib gilob lab hajr komil sharob
Muallif
Muhammadniyoz Komil Xorazmiy

Muhammadniyoz Komil Xorazmiy

(1825-1899) Yangi o‘zbek adabiyotini ko‘p asrlik an’analarga ega mumtoz adabiyot bilan bog‘lab turadigan eng yorqin adabiy shaxsiyatlardan biri shoir Komildir. Serqirra iste’dod egasi Muhammadniyoz Komil milliy madaniyatimiz tarixida nafaqat shoir, balki yirik siyosiy arbob, taniqli musiqashunos, mohir tarjimon, yetuk xattot sifatida chuqur iz qoldirgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Muhammadniyoz Komil Xorazmiy Yakpora g'azallari Muhammadniyoz Komil Xorazmiy asarlari