Sahifa yuklanmoqda . . .
To’kildi tomchilar...
Yaproqning yuzlari
Tomchiga o’ptirib ho’llandi,
Chuqurcha qo’llandi...
Tomchini ko‘pdirib,
Betida o’ynatdi.
Chuqurcha,
U – jindek ko’lcha,
Tomchilar –
Ko’klarning so’zlari
Yerlarni qamchilar...
1926, Oktabr
(1898-1938) XX asr tongining porloq yulduzi Cho’lpon she’riyat, nasr, dramaturgiya, tarjimachilik va maqolanavislikda samarali ijod etdi. Vatan ozodligi va millat mavqeini yuksaltirish g’oyalarini mardona, jasorat bilan tarannum etuvchi ijodi istiqlol davri hayotimizning manfaatlariga xizmat qilmoqda.