Sahifa yuklanmoqda . . .


Kunbotishda tilla rang shafaq...

Kunbotishda tilla rang shafaq,
Kunchiqishda kumush rang jilo…
Men kimgadir qilmadim shafqat
Va kimgadir qildim iltijo.

Dunyo qiziq, dunyo ajabo,
Goho shamcha ko‘rinmas chiroq!
Birov meni aylaydi ado,
Men birovga solmayman quloq!

1968


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

28 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kunbotish shafaq kunchiqish kumush shafqat iltijo
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari