Sahifa yuklanmoqda . . .


Kulbam sari jononim kelmasmu ekin oyo...

Kulbam sari jononim kelmasmu ekin oyo,

Hajrida yomon holim, bilmasmu ekin oyo?

 

So‘rmoqqa borur yorim oshiqlari ahvolin,

Deb ul meni ham oshiq, kelmasmu ekin oyo?

 

Hajrida qolib yillar, olmas xabare mandin,

Ollida kishi yodim qilmasmu ekin oyo?

 

So‘rg‘ay edi holimni, oshiqlaridin bilsa,

Gar bilsa, dog’i ko‘zga ilmasmu ekin oyo?

 

Xanjar chekib el bag‘rin tilmakdin etar ehson,

Bag‘rimni mening yorab, tilmasmu ekin oyo?

 

Baskim to‘ladur yoshdin, ko‘zni ocha olmasman,

Bir lutf iligi oni silmasmu ekin oyo?

 

Gulzori visolig‘a Munis yeta olmas hech,

Aylab talabin yeldek, yelmasmu ekin oyo?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 06-Yanvarda yuklangan

207 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kulba jonon oyo hajr hol yomon yor oshiq ahvol xabar yil kishi ko'z xanjar bag'ir ehson rab yosh lutf ilig gulzor visol munis talab yel
Muallif
Shermuhammad Munis

Shermuhammad Munis

(1778-1829) Shermuhammad Amir Avazmuhammad o‘g‘li MunisXorazmiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida dunyoga kelgan. U madaniyatimiz tarixida shoir, tarixchi, tarjimon, xattot va ma’rifatparvar shaxs sifatida nom qoldirgan. Xiva xoni Shermuhammadni saroyga farmonnavis kotib qilib tayinlaydi. Munis butun ongli faoliyati davomida ilm-fan, madaniyat va san’at kishilariga homiylik qiladi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Shermuhammad Munis Yakpora g'azallari Shermuhammad Munis asarlari