Sahifa yuklanmoqda . . .


Ko‘zlarim pirpirab...

Ko‘zlarim pirpirab,
Qovog‘im uchib,
O‘ychan borar edim tashlab ko‘z qirim.
So‘nggi o‘rindiqda bir-birin quchib,
Tinglab borar edi ular bir-birin.

Eshitib bo‘lmasdi ular so‘zini,
Yigitcha qalbidan yonib so‘ylardi.
Qiz ham yigitga tikib ko‘zini,
Balki o‘ylar edi,
Balki kuylardi…

Tramvay iz bilan imillab borar,
Gohida bekatda “uh” tortar xasta.
Kimlardir vagonga hovliqib kirar,
Kimdir tushib ketar shalvirab asta.

Yuragim aqlimdan bir savol so‘rar,
Xayollar boshimni chulg‘ab oladi.
Bilmayman:
Yigitcha qaygacha borar?
Bilmayman:
Qiz qayda tushib qoladi?..

1976


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
17-Martda yuklangan

121 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ko'z qovoq o'rindiq
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari