Sahifa yuklanmoqda . . .


Ko'zingizni oching, qo'rqmang...

Ko'zingizni oching, qo'rqmang,

Ziyodan qamashsin, og'risin mayli,

Mayliga yashamak bo'lsin qiyinroq

Ochiqligi tufayli.

 

Lazzat bor har qanday og'riqda,

Kechalar og'riqdan ingrab yotaman

Va o'sha og'riqni beg'am, bo'g'riqqan

Og'riqsiz yuzlarga otaman...

 

Izg'iringa yuring, oching ko'krakni,

Yiqiling, qon qusing – baribir keraksiz.

Qiynang, o'z holiga qo'ymang yurakni

Yashamaslik uchun yuraksiz...

 

1975


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 21-Fevralda yuklangan

183 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ko'z qo'rquv ziyo og'riq yashash lazzat kecha g'am yuz izg'irin ko'krak qon kerak qiynoq hol yurak hayot
Muallif
Shavkat Rahmon

Shavkat Rahmon

Hozirgi zamon o’zbek adabiyotida o’ziga xos iz qoldirgan Shavkat Rahmon O’sh shahrida tavallud topgan. Shavkat Rahmon chinakam otashnafas millatsevar shoir edi. U o‘z kayfiyatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanadigan shoirlar sirasidan emasdi. U hamisha millat dardini, xalqining armonlarini ifodalashga intilardi. Chunki u o‘z taqdirini, hayotini millatining hayoti va taqdiridan ayri tasavvur etmasdi. U har bir millatdoshining ko‘ngil mulkiga kirib borishni orzu qilib, shu yo‘lda tinimsiz dard chekib yashagan shoirdir.

Batafsil


Yangi She'rlar Shavkat Rahmon She'rlari Shavkat Rahmon asarlari