Sahifa yuklanmoqda . . .


Korxonada odatiy yig‘in...

Korxonada odatiy yig‘in,
Direktor muovinga berdi navbatni.
Tili biyron ekan muovinning juda,
Qiyib tashlar ekan dokladni.

O‘qiyverdi muovin, o‘qiyverdi,
Sira tutilmadi, sira shoshmadi.
Qolmadi bironta aytilmagan nuqson,
Hatto ilg‘orlarni maqtab tashladi.

– Sayfiev planni kecha to‘lg‘azgan,
Toshevning ishi ham behad ajoyib!
Bugun korxonamiz mash’ali erur,
Aziz kasbdoshimiz So‘fixo‘jaev!

Hamisha omad yor bu akamizga,
Sehrlab qo‘yadi so‘zlab kishini.
Ergashinglar unga, og‘aynilar,
Undan o‘rganinglar savdo ishini!..

So‘ng so‘zni albatta direktor aytdi,
Tosh qotgan chehralar yorishdi kunday.
U ham maqtavordi So‘fixo‘jaevni,
Majlis qaroriga yozildi shunday:

“Yoymoq lozim tajribasini,
Taqdirlamoq kerak zafarin!
Yangi dovonlarga bel bog‘lagan –
Zahmatkash pivofurush –
So‘fixo‘jaevga ofarin!..”

1974


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 20-Martda yuklangan

37 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
korxona yig'in direktor muovin navbat til doklad
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari