Sahifa yuklanmoqda . . .


Kitobga kirish so'z

She’rni oq qog’ozga yozib qo’ymayman…
She’r shamdir –
Dilimda yoqib qo’yaman.
She’r guldir –
Qorlarga basma-bas turib
Men uni ko’ksimga taqib qo’yaman.

Nay kabi labimga
Bosaman uni,
Erk uchun qilichdek qo’lga olaman.
She’r yozgan paytimda –
Ko’hakka chiqib
Osmonga tikilgan mahzun bolaman.

Adirman –
Maysadek unib chiqar she’r,
Daraxtman –
Osmonman –
Tomchilab yerga oqar she’r,
Zaminman –
Qor kabi meni ko’mar u…

1988


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

28 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari