Sahifa yuklanmoqda . . .


Kichik yolg'on haqida doston

Bu kichkina yolg’on olamni
Qila olar talotum, ado –
O’zin to’qib chiqarganlardan
U uzoqroq yashaydi hatto.

Uning kuchi shundakim, har bir
Yurakka jo bo’lishi mumkin.
O’lim bilmas bu yolg’on faqat
Yurak bilan o’lishi mumkin…

1989

* * *

Fikr jimirlar, xuddi
Osmondagi yulduzdek –
Dilim yorug’ kunduzdek…

Yomg’ir yog’ar, kezar kuz,
Dunyo bilan yuzma-yuz
Shtiribman men tanho.

Bo’yoq o’chgan, nur o’chgan,
Na tashvish, na hasrat bor,
Asrlar lahzaga jo.

Xuddi yolg’iz bir o’zim
Shu asrlar qatidan
Sitilib kelgandayman.

Kecha… Fikr va yulduz –
Ikkisi jimirlaydi
Tun va jaholat aro.

Zulm, jaholat aro
Yosh boladek xatardan
Bexabar o’ynar fikr…

1989


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

199 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari