Sahifa yuklanmoqda . . .


Ketmoqdaman

Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman, 
Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman.

Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och, 
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.

Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak, 
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.

Necha kunlar o'tdi, lekin so'rmading holimni bir, 
Oxirida hol so'rab kelsang magar, ketmoqdaman.

Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar, 
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.

Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo, 
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2016, 25-Dekabrda yuklangan

426 marta ko'rildi

4 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ketmoqdaman zarar dilbar dil kadar ishq hol zeru zabar quyosh yuz tun kecha yurak tong qon jigar ishonch quvonch ko'ngil yigit dard shifo xasta Abdulla
Muallif
Abdulla Oripov

Abdulla Oripov

O’zbek she’riyatining yorqin, betakror siymosi. O’ziga xos uslub, she’riy ovoz sohibi. Lirik qahramoni dunyoning sir-sinoatiga oshufta va undan hikmat izlovchi, komillik va ezgulik tantanasiga jo’shqin qalb shijoati bilan intiluvchi serfazilat inson. Dramatik dostonlari, jahon adabiyoti durdonalaridan qilgan tarjimalari ham mashhur.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulla Oripov She'rlari Abdulla Oripov asarlari